Yangiliklar
calendar 06.06.2026 | 11:41
view 83
“Sog‘lom umurtqa” aksiyasi keng yoritildi

➡️1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika bolalar ortopediya markazida tashkil etilgan “Sog‘lom umurtqa” xayriya aksiyasi hamda bolajonlar uchun uyushtirilgan ko‘ngilochar dastur “O‘zbekiston 24” telekanalida keng yoritildi.

➡️
Aksiya doirasida Turkiyaning malakali mutaxassislari tomonidan bolalarga maslahat, diagnostika va davolash yordami ko‘rsatilib, bir hafta davomida 11 ta murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbir yakunida bolajonlarga shirinliklar, sovg‘alar va kitoblar ulashildi.