Yangiliklar
calendar 24.06.2026 | 09:24
view 437
Surxondaryoda turk shifokorlari ishtirokida bolalar uchun tibbiy ko‘rik

Surxondaryo viloyatida Turkiyaning malakali shifokorlari ishtirokida bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Jarayonda umumiy xirurgiya, neyroxirurgiya hamda murakkab plastik xirurgiya yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar tekshiruvdan o‘tkazilib, keyingi davolanish uchun saralab olindi.

➡️Tibbiy ko‘rik davomida umumiy xirurgiya yo‘nalishida 74 nafar, neyroxirurgiya bo‘yicha 58 nafar, shuningdek murakkab plastik xirurgiya yo‘nalishida 45 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan har bir bemor batafsil ko‘rib chiqilib, zarur tavsiyalar berildi.

➡️Mazkur tibbiy ko‘riklar ertaga ham davom etadi. Jarayondan tayyorlangan videoni tomosha qilib, ushbu ezgu tashabbus haqida batafsil tanishishingiz mumkin.