Yangiliklar
calendar 27.07.2026 | 10:05
view 509
Surxondaryoda turk shifokorlari ishtirokidagi tibbiy ko‘rik davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatida Turkiyadan kelgan malakali shifokorlar ishtirokida bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik tashkil etilgan edi. Bugun ushbu tibbiy ko‘rikning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Jarayonda umumiy xirurgiya, neyroxirurgiya hamda murakkab plastik xirurgiya yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar tekshiruvdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berilmoqda hamda keyingi davolanish uchun saralab olinmoqda.