Yangiliklar
calendar 23.10.2024 | 10:16
view 114
TANLOV UCHUN IJODIY ISHLAR HAY’AT A’ZOLARI TOMONIDAN KO’RIB CHIQILMOQDA

Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan 20-iyuldan 31-avgust kuniga qadar “Vatan-bolajonlar nigohida” ijodiy tanlovi e'lon qilingan edi.

O‘tgan bir oy davomida o‘zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashgan bolajonlar va ularning yaqinlari tomonidan Fond manziliga turli yo'nalsihdagi ijodiy ishlar kelib tushdi.

 Bugun hay’at a’zolari tomonidan bir guruh ishtirokchilarning qo‘l mehnatidan tortib, rang tasvir namunalarigacha bo‘lgan ijodiy ishlari ko’rib chiqilib, saralab olindi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari va sovrindorlari 8- oktabr Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi tashkil topganining 3 yilligi hamda Mustaqilligimizning 33-yilligiga bag’ishlab o’tkaziladigan “Vatan bolajonlar nigohida” tanlovida Noutbuk,planshet, telefon va boshqa qimmatbaho sovg’alar, diplom hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.