Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 18:13
view 81
TANLOV UCHUN IJODIY ISHLAR KELISHNI BOSHLADI

Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan 20 iyuldan 31 avgust kuniga qadar “Vatan - bolajonlar nigohida” ijodiy tanlovi e'lon qilingan edi.

O‘tgan bir yarim oy davomida o‘zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashgan bolajonlar va ularning yaqinlari tomonidan Fond manziliga turli yo'nalsihdagi san'at asarlarini yuborish boshlandi.

Bugun ham bir guruh ishtirokchilar qo‘l mehnatidan tortib, rang tasvir namunalarigacha bo‘lgan ishlarini Hay'at a'zolariga taqdim etdilar.

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari va sovrindorlari qimmatbaho sovg’alar, diplom hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.