Yangiliklar
calendar 03.10.2026 | 12:02
view 62
TURKIYALIK SHIFOKORLAR NAMANGANDA BOLALARNI BEPUL KO‘RIKDAN O‘TKAZADI

🩺5-6 oktyabr kunlari Namangan viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyaning malakali plastik xirurg va umumiy xirurg mutaxassislari tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi.

➡️Plastik xirurg ko‘rigi:
tug‘ma yuz-jag‘ nuqsonlari, lab va tanglay yoriqlari, kuyishdan keyingi chandiqlar va deformatsiyalar, qo‘l-oyoqdagi tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, teri va yumshoq to‘qimalardagi murakkab holatlar.

➡️Umumiy xirurg ko‘rigi:
churra, kindik va chov churrasi, tug‘ma xirurgik nuqsonlar, qorin bo‘shlig‘i hamda yumshoq to‘qimalarga oid kasalliklar, operativ davolash talab qilishi mumkin bo‘lgan boshqa murakkab holatlar.

➡️Ko‘rik davomida jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bor bolalar saralab olinadi. Zarur davolash va operatsiyalar turkiyalik mutaxassislarning keyingi tashriflari doirasida tashkil etiladi.

➡️Ko‘rik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.

➡️Barcha tibbiy xizmatlar — BEPUL!

📍 Namangan viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
📅 5-6 oktyabr 2026-yil