Endilikda Siz xayriya mablag‘laringizni “CLICK” va "PAYME" ilovalari orqali yuborishingiz mumkin. To‘lovlar xizmatiga kirib, Fondning nomini topasiz, ismingiz va telefon raqamingizni kiritasiz hamda pul mablag‘ingizni oson yuborasiz.
✅Bu mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor bolalarni davolash, tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, dori-darmonlar sotib olish, murakkab operatsiyalarni o‘tkazish va protez-ortopedik buyumlar bilan ta'minlash, kasb-hunarga o‘rgatish kabi maqsadlar uchun ishlatiladi.
❗️✊Siz bu muravvatingiz bilan nainki bir oila dilbandlariga, balki najotkor ko‘zlarga quvonch va ishonch baxshida etgan bo‘lasiz! Xayriya ishlarida faol qatnashing!!!