Yangiliklar
22.12.2024
|
11:01
316
XORIJLIK EKSPERTGA O'ZBEKONA HURMAT VA EHTIROM KO'RSATILDI
Bugun poytaxtimizda bo'lib o'tgan “O‘zbekiston Respublikasida kam uchraydigan noyob kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlab Birinchi Milliy konferensiya”si yakunida Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan "Bemorlar va bemor bolalar tashkilotlari uyushmasi"ning hududlararo xayriya jamoat tashkiloti ijrochi direktori Denis Belyakovning O'zbekistondagi faoliyati yuksak e'tirof etildi.
Uning orfan kasalliklari profilaktikasi bo'yicha yutimizda amalga oshirayotgan hamkorlik ishlari uchun minnatdorchilik bildirilib, unga konferensiya ishidagi tashkilotchiligi uchun o'zbekona lutf ko'rsatilib, zarbof to'n va milliy do'ppi kiydirildi.