Новости
calendar 23.12.2024 | 13:28
view 696
4-fevral – Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni

Har yili 4-fevral – Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kunida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro saraton kasalligini o‘rganish bo‘yicha agentligi  saraton kasalligining  g‘am-tashvishlarini yengillashtirish maqsadida ma'lumotnomalar tarqatishda xalqaro saraton kasalligiga qarshi ittifoqiga katta yordam beradilar. Saraton – bu 100 ga yaqin kasalliklarning  umumiy belgisi. Bu kasallik tananing xohlagan qismini yaralashi mumkin. Saratonning eng asosiy belgisi tezda  anomal hujayralarning paydo bo‘lishi va tananing boshqa a'zolariga  tarqalib ketishi (bu jarayon metastaz deyiladi).

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan 2022 yil davomida saratonga chalingan bolajonlar davolanayotgan muassasalarga o‘qishlarini davom ettirishlari uchun 300 nafar bolaga o‘quv qurollari, qiziqarli kitoblar, reabilitasiya moslamalari topshirildi.