Новости
calendar 23.12.2024 | 22:16
view 646
FOND YORDAMINI OLISH UCHUN QANDAY HUJJATLAR TAQDIM ETILADI?

Ushbu savolga Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Murojaatlar bilan ishlash xizmati sho‘basi bosh mutaxassisi Diyora Kambarova javob beradi:

– Fondning homiylik yordamini olish uchun fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
✔️Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar (Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan)ligi yoki "Ayollar" daftari ro‘yxatida turganligi haqidagi ma'lumotnoma
✔️Tibbiy, pedagogik va shifokorlar ekspert komissiyasining tasdiqlangan va muhrlangan xulosa
✔️Pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi
✔️Ota-onaning pasport nusxasi

📍Hujjatlar qabul qilingandan so‘ng, Fondning ekspertlar guruhi hamda Vasiylik kengashi arizani ko‘rib chiqadi va xulosa beradi.