Новости
calendar 23.12.2024 | 21:12
view 534
"Ko’p klinikalarda davolandik, ammo natija bo’lmadi. Fond yordami bilan biz shifo topdik..."

Ayni paytda Turkiyada boʻlib turgan toshkentlik Dinara Kudabayeva Fondga minnatdorchilik maktubini yubordi.

Uning  2020-yilda tugʻilgan farzandi Azamat Artikbayev "Ichak tug‘ma rivojlanish nuqsoni. Girshprung OKX. Oqsil-energetik yetishmovchilik og‘ir daraja" tashxisi bilan davolanib keladi. 

Onaning so’zlariga ko’ra, ular farzandini davolatish uchun juda ko’p klinikalarda davolanishga to’g’ri keldi. Ammo natija yoʻq edi. Hozir esa barcha qiyinchiliklar ortda qolib, ular Turkiyaning “Medical Park” klinikasida Fond ko’magi bilan to’liq davolandilar.

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan murakkab jarrohlik amaliyotining barcha xarajatlari to’liq qoplab berildi.

Dinaraxon oʻz soʻzlarida Davlatimiz rahbariga, Fond jamoasiga va barcha mehr-saxovat qoʻlini choʻzgan insonlarga minnatdorchilik bildirgan.