Новости
calendar 23.12.2024 | 01:19
view 530
QUVALIK SAMANDAR “MOHIR QO‘LLAR” LOYIHASI ORQALI SARTAROSHLIK KASBINI EGALLADI

“Mohir qo‘llar” loyihasining navbatdagi manzili Farg‘ona viloyati Quva tumanida bo‘ldi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori Marat Sadikov 3 dekabr' – Xalqaro nogironlar kuni bilan tabriklash maqsadida Samandar Teshaboev yashayotgan xonadonga tashrif buyurdi va unga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun zarur bo‘lgan sartaroshlik asbob-uskunalarini topshirdi. 

Samandar endigina 18 yoshga to‘ldi. 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, o‘z ustida tinimsiz ishlaydi. Muayyan bir kasb egasi bo‘lib, oilasiga foydasi tegishini xohlaydi. Bugun uning orzulari ushaldi. Endi u o‘z uyida ham erkaklar sartaroshligi bilan shug‘ullanishi mumkin. Va, albatta, buning orqasidan qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ladi.

Samandarning kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz. 

Aksiya davom etmoqda.