Новости
calendar 23.12.2024 | 17:02
view 513
RESPUBLIKA PERINATAL MARKAZIGA 1 MLRD SO‘MLIK 12 DONA INKUBATOR (KUVEZ) TOPShIRILDI

Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy ko‘magi bilan muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash uchun  ishlatiladigan 12 dona kuvez apparatlari Respublika perinatal markaziga olib kelib topshirildi.

Tantanali topshirish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu apparatlar chala tug‘ilgan chaqaloqlarni sog‘lom parvarish qilish va davolash imkoni beradi. Uning afzalliklari, sog‘lom avlod yo‘lida qilinayotgan bu kabi ishlar Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan bo‘layotganligiga ham alohida e'tibor qaratildi.

Fond tomonidan bu kabi xayrli ishlar birinchi emas, boshqa muassasalarda ham xuddi shu kabi ezgu tadbirlar davom etadi.