Ushbu kun 2001-yil sentabr oyida Lyuksemburgda bolalar saratoniga qarshi kurashuvchi ota-onalar tashkilotlari xalqaro konfederatsiyasining yillik yig'ilishida e'lon qilingan. Xalqaro saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni birinchi marta 2002-yilda o'tkazilgan.
Mazkur kunni o‘tkazishdan asosiy maqsad pediatrlar, butun dunyo professional tibbiyot hamjamiyati, barcha ixtisoslikdagi ijtimoiy mas’uliyatli fuqarolar bolalar onkologiyasining muvaffaqiyatlari va muammolari haqida xabardorlik darajasini oshirishdan iborat.