Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – Jamg‘armaning tibbiy dasturlariga asosan xorij klinika mutaxassislari ishtirokida bolalar uchun tibbiy-ko‘riklar tashkil etish, og‘ir tashhisli bemor bolalarni davolash, operatsiyalar qilish, bepul dori-darmon vositalari bilan ta'minlash, muntazam salomatligini tiklash borasida hamkorlik aloqalarini ko‘rsatishdan iboratdir.
Bu yo‘lda Jamg‘arma va markaz o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhim hisoblanadi. Tomonlar uchrashuvda ehtiyojmand oila farzandlarini xorijlik klinika mutaxassislari ishtirokida imtiyozli davolash imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishdi.