Koreyaning xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH)ning moliyaviy va texnik ko‘magi bilan Bolalar milliy tibbiyot markazida “Orfan kasalliklari markazi” o‘z faoliyatini boshladi.
Bugun ushbu markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bolalar milliy tibbiyot markazi xodimlari, KOFIHning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Bolalalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati, Ixtisoslashtirilgan pediatriya va tibbiy genetikasi markazi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda orfan kasalliklariga chalingan bolalarni erta aniqlash, davolash va ularga birinchi yordam ko‘rsatish mavzularida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida mehmonlar yangi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu markazda orfan kasalliklariga uchragan bemor bolalarni diagnostika qilish, ma'lumot berish va davolash maqsadida multiditsiplinar guruhlar tashkil qilingan.
Bundan tashqari, bu yerda viloyatlar bilan konsultativ telemeditsinani olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ko‘rish mumkin.
Markaz ish boshlashi munosabati bilan Bolalarni qo‘llab-quvatlash Jamoat fondi ham bolalar uchun mo‘ljallangan 30 turdagi 200 dan ortiq adabiyotlar to‘plamini tuhfa qildi.