News
calendar 23.12.2024 | 11:46
view 448
BOLALAR SALOMATLIGI YO‘LIDA SAMARALI HAMKORLIK

Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori M.Sadikov Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasining O‘zbekistondagi savdo vakili Marsel' Asfandiyarov bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muloqot olib bordi.

Bu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – ehtiyojmand oila farzandlarini Rossiyaning nufuzli klinikalarida davolash, zarur dori-darmonlar bilan ta'minlash hamda tibbiy texnika va asbob-uskunalarni xarid qilish borasidagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iboratdir.

Ma'lumki, Jamoat fondi shu kungacha 10 dan ortiq bemor bolalarni Rossiyaning nufuzli klinikalarida davolab, murakkab amaliyotlarni o‘tkazmoqda. Rossiya shifokorlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik bugun o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Marsel' Asfandiyarov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, mazkur yo‘nalishda Jamoat fondi bilan ishlashga tayyorligini, dori-darmon va boshqa zarur tibbiy texnikalarni yetkazib berish borasida ham amaliy ko‘mak berishini ma'lum qildi.