News
calendar 19.09.2024 | 11:25
view 263
BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh JAMOAT FONDI: RAQAM VA FAKTLARDA

2022-2023 yillar davomida hududlarda o‘tkazilgan keng hajmdagi tibbiy aksiyalar doirasida (yurak nuqsoni, ko‘z ojizligi, eshitish darajasining pastligi, platik jarrohligi hamda ortopedik kasalliklari bo‘yicha) yuqori malakali mutaxassislar tomonidan 7349 nafardan ortiq bemor bolajonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida:

1801 nafar bolada turli darajadagi operatsiya amaliyotlari o‘tkazildi
2445 nafar bolaga tibbiy-ijtimoiy va reabilitasiya yordamlari ko‘rsatildi
70 nafar bola xorij klinikalarida davolandi
40 nafar yigit-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi
500 ta mahorat darslari o‘tkazildi.

Bemorlar Turkiya, Rossiya, Sankt-Peterburg, Germaniya va Belarus' Respublikalari kabi davlatlarda davolanib kelishmoqda.