News
calendar 19.09.2024 | 11:03
view 364
Bugun 24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni

BMTning Bosh Assambleyasi ta'limning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda 24-yanvarni “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilgan.

Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-ma’rifatga tashnaligini e’tirof etish, balki dunyo davlatlari hukumatlari va jamiyatlari e’tiborini ta’lim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit ta’lim dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.

Ushbu kun munosabati bilan bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati va jamoasi Respublika Bolalar ortopediya markazi davolanuvchilari holidan xabar olib, ularga 10 turdagi turli adabiyot va kitoblarni xayriya sifatida topshirishdi.

Bolajonlar bilan dildan suhbatlashildi va ularning ta'limi va bilim olishi uchun bu kitoblarning ahamiyati tushuntirildi.