News
calendar 19.09.2024 | 15:17
view 318
ELNURJON BARChAMIZNI HAYIT BILAN QUTLADI!!!

Bundan qariyb bir oy oldin Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2013 yilda tug‘ilgan Elnur Sirojiddinov “Shakllangan jigar sirrozi, stabil kechishi, faol davri (K74.0)” tashhisi bilan Turkiyaning yuqori texnologiyali “Istenye” universiteti klinikasiga yuborilgan edi.

Elnurjonga o‘z onasi N.Musurmonova donorlik qildi. Barcha  operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ona-bolaning hozirgi ahvoli yaxshi. Ular shifokorlarning muntazam nazoratida bo‘lib turibdi.

Qurbon hayiti munosabati bilan Elnurjon va uning ota-onasi barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan qutladi.