News
calendar 23.12.2024 | 11:45
view 463
FOND 2 NAFAR BOLAGA O‘SUVCHI ENDOPROTEZ TIBBIY MOSLAMASINI OLIB BERDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ehtiyojmand oila farzandlarini nafaqat davolash, operatsiya qilish, reabilitatsiya ishlari, balki ularning operatsiyasi uchun zarur bo‘ladigan tibbiy moslamalarni ham xarid qilish borasida ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Fondga bundan bir oy avval “O‘ng son suyagi pastki uchligi osteogen sarkomasi” tashhisi bilan Bekmurod Sultonov hamda “O‘ng son suyagi distal qismi ostegensarkomasi 2-bosqichi” tashhisi bilan Zoxiraxon Ashuraliyevalarning ota-onalari operatsiya uchun zarur bo‘ladigan o‘suvchi endoprotez tibbiy moslamasini so‘rab murojaat qilishgan edi.

Fond mazkur masalani e'tiborsiz qoldirmadi. Chexiya Respublikasida ishlab chiqarilgan ushbu endoprotez tibbiy moslamalariga qisqa muddat ichida buyurtma berilib, kuni kecha u Fondga olib kelindi. 

Endi ushbu tibbiy moslamalar orqali bemor farzandlarimiz salomatligi qayta tiklanib, ularning tayanch-harakat tizimlaridagi nuqsonlar to‘liq bartaraf etilishiga erishiladi.