Qayd etish joiz, ushbu dori vositalari juda qimmat va davolash jarayonlari murakkab hisoblanadi. Shu bois, rossiyalik mutaxassislar amaliyotga jalb etilgan. Hozirda O‘zbekistonda 10 ga yaqin xuddi shunday tashhisdagi bemor bolalar ro‘yxatga olingan.
News
23.12.2024
|
18:07
526
GOShE XASTALIGIGA ChALINGAN BOLALARGA 1 MILLIARD SO‘MGA YAQIN DORI VOSITALARI XAYRIYA QILINDI
Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kam uchraydigan orfan kasalliklar toifasiga kiruvchi Goshe xastaligiga chalingan bemor bolalar uchun qariyb 1 milliard so‘mlik dori-darmonlar xayriya sifatida topshirildi.