News
calendar 23.12.2024 | 20:28
view 478
XORAZMDA “EZGULIK MANZILI” DOIRASIDA OPERATSIYALAR O‘TKAZILMOQDA

Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsul'tativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bugun uning doirasida murakkab operatsiya amaliyotlari ham mahalliy shifokorlar ishtirokida o‘tkazilishi boshlandi. Aksiya davomida 60 nafar bolada amaliyot o‘tkazish rejalashtirilgan.