News
calendar 23.12.2024 | 11:29
view 433
G‘IJDUVONLIK UMIDANING ORZULARI UShALDI. ENDI U MOHIR TIKUVChI

Esingizda bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan "Mohir qo‘llar" loyihasi amalga oshirilib, juda ko‘plab yoshlar kasb-hunarli bo‘lib, nogiron bo‘lishlariga qaramay qo‘shimcha daromad topishga erishgan edilar va bu loyiha hali hamon davom etmoqda.

Bugun Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida boshlangan "Ezgulik manzili" aksiyasi doirasida tuman hokimi Sh.Ashurov va Fond ijrochi direktori o‘rinbosari B. Abdusamatovalar "Obod mahallasi"da yashovchi 2-guruh nogironi Umida Hojievaga sevimli kasbini davom ettirish maqsadida unga tikuv mashinasi topshirdilar.

Umidaxon va uning ota-onasi bu e'tibor va rag‘batdan mamnun bo‘lib, Prezidentimizga, tegishli tashkilotchilarga, qolaversa Jamoat fondiga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.

Albatta, bu kabi loyiha hali davom etadi. Tabiiyki, yoshlarimiz bunday e'tiborga munosib bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘zi hissalarini qo‘shadilar.