News
calendar 23.12.2024 | 13:35
view 490
MO‘YNOQDA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi boshlandi.

Unda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv va maslahatlar beriladi.