News
calendar 23.12.2024 | 00:02
view 555
NAVOIYLIK 7 NAFAR BOLA KASB-HUNARGA O‘QITILIB, QO‘SHIMCHA DAROMAD TOPMOQDA

"Mohir qo‘llar" loyihasi doirasida kasb-hunarga o‘qigan, nogironligi bor 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida Navoiylik yigit-qizlar ham bor. 

Xususan, Xatirchilik Saidmurod Eshmamatov avtomobillarni ta'mirlash ustasi, Karmanalik Sanjarbek Toshmamatov, Dilshodbek Rashidov, Bekzod To‘xtapo‘latovlar maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi usta, Nurotalik Sarvinoz Namozova tikuvchi,  Navbahorlik Og‘abek Bekmurodov, Abbos Hazratovlar chilangarlik kasbi bo‘yicha tahsil olib, kursni tamomladi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ularga o‘z-o‘zini band qilish va qo‘shimcha daromad topishi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar tuhfa qilindi.
 
– Men bolalikdan avtomobillarni tuzatishga qiziqardim. Imkoniyatimni hisobga olib, meni o‘qitishdi va asbob-uskunlar bilan ta'minlashdi. Bundan juda xursandman, – deydi Saidmurod Eshmamatov.

Aksiya davom etmoqda.