News
calendar 23.12.2024 | 16:24
view 538
“QIZIM CHIROYLI QOMATGA EGA BO’LDI” Sattorova Sitora 11 yoshda. Unga “Umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi IV-darajali skolioz kasalligi” tashxisi qo’yilgan edi.

– Mamlakatimizda og‘ir xastalikka chalingan bolalarga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor turli jamg‘armalar faoliyat yuritayotgani juda quvonarli. Shulardan biri, “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi”dir. Ushbu jamg'arma o'z faoliyati davomida juda ko'p og'ir kasalliklarga chalingan bolalarga yordam berishga muvaffaq bo'ldi, ular orasida mening qizim ham bor. Jamg'arma tufayli u xorijda eng murakkab, qimmat operatsiyani boshidan kechirdi.
Shu munosabat bilan biz ushbu jamg'arma rahbariyati va xodimlariga farzandimiz salomatligiga g'amxo'rlik va hurmat bilan munosabatda bo'lgan barchaga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi Sitoraning onasi o'z maktubida.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Sitora ham Turkiyaning “Medical Park Gazisomanpaşa” klinikasida operatsiya qilindi. Suratda ko‘rganingizdek, bolaning salomatligida katta o‘zgarishlar bor. Endi u ham tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, chiroyli yurish baxtiga erishdi.

Ta'kidlash lozimki, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.