News
calendar 19.09.2024 | 10:11
view 394
RESPUBLIKA BIRINCHI BOLALAR XOSPISI DAVOLANUVCHILARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Savob ishni har kim, har kuni qilish kerak. Bu ezgulik shiori Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining asosiy ish tartibiga aylangan. An'anaga muvofiq, bugun Fond rahbari Marat Sadikov va direktor o‘rinbosari Barno Abdusamatovalar O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi bolalar xospisiga tashrif buyurdilar.

Ushbu muassasadagi bolajonlarga Yangi yil bayrami munosabati bilan 20 turdagi 300 ga yaqin adabiyotlar to‘plami va shirinliklar tuhfa qilindi. Murg‘ak qalb egalari va ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi. Bolajonlar bilan samimiy muloqotlar qilinib, ularning kayfiyati va ruhiyatini ko‘tardilar. Muassasadagi shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishildi. 

Fond rahbari M.Sadikov bolalar salmoatligini muhofaza qilish Davlatimiz rahbari e'tiboridagi dolzarb vazifa ekanligini va bu yo‘lda hamisha yordamga tayyor ekanligini bildirdi. 

O'z navbatida, Muassasa rahbariyati va bolajonlar ko‘rsatilgan bunday e'tibor uchun Fond jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.