News
calendar 23.12.2024 | 11:12
view 561
Rossiyalik tajribali onkogematolog, professor Natal'ya Smetanina bilan hamkorlik uchrashuvlari

Dmitriy Rogachev nomidagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori o‘rinbosari, Hududlararo ilmiy-tahliliy ishlar bo‘yicha  boshqarma boshlig‘i, professor  Natal'ya Smetanina Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magi bilan O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, sohaga innovasion davolash tajribalarini joriy etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdan iboratdir.

Jamoat fondi ijrochi direktori o‘rinbosari B.Abdusamatova hamrohligida mehmon bilan bir qator tashkilotlarda hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Bositxonova va tizimdagi bosh mutaxassislar, shuningdek yurtimizdagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi rahbariyati bilan bolalar onkogematologiyasi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Rossiya va O‘zbekiston tibbiyoti hamkorligi munosabatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.