News
calendar 20.09.2024 | 14:46
view 429
TIK QOMATDA YURISH BAXTI NASIB QILDI

Bemor Lazizjon 18 yoshda. Unga “Umurtqa  pog‘onasi  ko‘krak-bel sohasi IV-darajali skolioz kasalligi,  o‘ng tomonlama qovurg‘a bukriligi tashxisi qo‘yilgan edi.

Bolaning mazkur holati murakkab jarayon hisoblanib, buni davolash uchun oilaning iqtisodiy sharoiti yetmas edi. Barcha tekshiruvlar va konsiliumlardan so‘ng, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Lazizjon Umarovni shoshilinch tarzda Turkiyaning “Medical Park Gazisomanpaşa” klinikasida operatsiya qilish uchun yubordi.

Suratda ko‘rganingizdek, bolaning salomatligida katta o‘zgarishlar bor. Endi u ham tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, chiroyli yurish baxtiga erishdi.

Ta'kidlash lozimki, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.
Lazizjon hali O‘zbekistonga qaytgani yo‘q. Ayni paytda operatsiyadan keyingi davo muolajalarini olmoqda.