News
calendar 19.09.2024 | 17:25
view 376
TURK ShIFOKORLARI FARG‘ONAGA TAShRIF BUYuRDI

Avval, xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini sog‘lom hayotga qaytarish borasida Turkiyaning nufuzli "Haydarpasha" tibbiyot muassasasidagi malakali mutaxassislar O‘zbekistonga jalb etilgan edi.

Hozirda Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ushbu xorijlik shifokorlarni kutib olish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Sog‘lom kelajak" aksiyasi doirasida turk shifokorlari mahalliy hamkasblari bilan 50 dan ortiq bolajonlarda turli darajadagi murakkab operatsiya amaliyotlari o‘tkazishni rejalashtirishgan.

Aksiya doirasidagi faoliyatlarni kun davomida yoritib boramiz.