News
calendar 20.09.2024 | 00:16
view 397
XAYRIYA MABLAG‘LARINGIZNI “CLICK” va "PAYME" ILOVALARI ORQALI YUBORING!

“Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” Sizni oson va qulay imkoniyatdan foydalanishga chaqiradi.

Endilikda Siz xayriya mablag‘laringizni “CLICK” va "PAYME" ilovalari orqali yuborishingiz mumkin. To‘lovlar xizmatiga kirib, Fondning nomini topasiz, ismingiz va telefon raqamingizni kiritasiz hamda pul mablag‘ingizni oson yuborasiz. 

Bu mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor bolalarni davolash, tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, dori-darmonlar sotib olish, murakkab operatsiyalarni o‘tkazish va protez-ortopedik buyumlar bilan ta'minlash, kasb-hunarga o‘rgatish kabi maqsadlar uchun ishlatiladi. 

Siz bu muravvatingiz bilan nainki bir oila dilbandlariga, balki najotkor ko‘zlarga quvonch va ishonch baxshida etgan bo‘lasiz! Xayriya ishlarida faol qatnashing!!!