Jamg‘arma tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida lab va tanglay yoriqlari nuqsoni bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, operatsiya amaliyotlari bajariladi va bepul dori-darmon vositalari bilan ta'minlanadi. Kunning birinchi yarmida 100 dan ortiq bemor bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Poytaxtdan jalb etilgan shifokorlar xulosasi bilan 30 nafar bola shu yerning o‘zida operatsiya qilinadigan bo‘ldi. Aksiya doirasidagi barcha xarajatlar Bolalar fondi tomonidan qoplab beriladi.
🗓Tadbir 10 sentyabrga qadar davom etadi.