News
calendar 19.09.2024 | 12:18
view 573
“Xrustal bolalar” loyihasi doirasida 50 nafar bemor bolada bepul jarrohlik amaliyoti bajariladi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Respublika ortopediya markazi bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk marotaba Nomukammal osteogenez tashxisli bolalarni davolash maqsadida “Xrustal bolalar” milliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha davomida respublika bo‘ylab bemor bolalar ro‘yxati shakllantirildi va O‘zbekistonga ilk bor “Fassier Duval” teleskopik tuzilmalar hamda fiksatorlarni jarrohlik yo‘li bilan o‘rnatish uchun maxsus jarrohlik asboblari olib kelinib, chet el mutaxassislari jalb etildi.