News
calendar 20.09.2024 | 23:36
view 267
YUNESKO ISHTIROKIDA XALQARO FORUM O‘TKAZILDI

Bugun Yunesko xalqaro tashkiloti Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda “Erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash” bo‘yicha Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Ushbu masalalarda nafaqat davlat miqyosida, balki nodavlat notijorat tashkilotlarining ham faol ishtiroki muhim. Bunda ta'lim va tarbiyaning inklyuzivligini ta'minlash, o‘qitish uslubini innovasion talablarga mosligini oshirish bo‘yicha ham bir qator masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.

Anjuman doirasida “Yoshlar” va “Fuqarolik jamiyati tashkilotlari” mavzusida panel muhokamalar ham o‘tkazildi.

Jumladan, forum ishiga Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori M.Sadikov hamda direktor o‘rinbosari B.Abdusamatova ham qatnashib, o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashishdi.