Jamg‘arma ta'lim sifatini yaxshilash, kasallikka chalingan bolalar va ularning oilalarini qanday qilib to‘g‘ri davolash, reabilitasiya qilish, qo‘llab-quvvatlash uchun dunyodagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb etadi. Buning uchun shifokorlar va ota-onalar uchun konferensiyalar, mahorat darslari va vebinarlar o‘tkaziladi. Uzluksiz ta'lim, xorijiy tajribani o‘rganish va zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan tanishish – bularning barchasi bolalarni muvaffaqiyatli davolash uchun zarur hisoblanadi. Biz butun respublika bo‘ylab bemor bolalar bilan ishlaymiz va ularga o‘z vaqtida, sifatli va tizimli yordam ko‘rsatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz.
Bizning maqsadimiz shifoxonalarda uzoq davolanadigan bolalarga imkon qadar qulay bolalik muhitini yaratib berishdir. Buning uchun nimalar qilinadi?
Bolalar uchun o‘yin xonalari (binolari) jihozlanib, ularga stol o‘yinlari, turli yoshdagi bolalar uchun o‘yinchoqlar majmuasi bilan to‘ldirib beriladi.
Klinik bo‘limlarda kichik kutubxonalar tashkil etiladi va qiziqarli adabiyotlar bilan to‘ldirib boriladi. Hattoki, bolalar shifoxonadan chiqqan taqdirda, o‘qib tugallanmagan kitoblari bo‘lsa, uni o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.
Jamg‘arma klinikalar va tibbiyot markazlariga quyidagilarni sotib olishda yordam beradi:
- tibbiy asbob-uskunalar
- texnik reabilitasiya vositalari (TRV)
- Bemorlar uchun maxsus ovqatlar.
Jamg‘arma tibbiyot muassasasalariga ushbu zarur bo‘lgan vositalarni davlat dasturlari tomonidan sotib olish imkoni bo‘lmagan taqdirda ko‘maklashadi.
2. “MODDIY YORDAM” dasturi. Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va nogiron farzandi bor oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishdan iborat.
“BEMOR BOLALARGA MANZILLI IJTIMOIY YORDAM” dasturi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamga muhtoj bemor bolalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan dastur hisoblanadi. Bunda o‘z-o‘zini parvarish qilish uchun maxsus vositalar, o‘qitish, ta'lim olish (shu jumladan, ko‘zi ojiz bolalar uchun adabiyotlar) va ish bilan ta'minlash (nogiron bolalarni ijtimoiy moslashtirish, kasbga o‘qitish) uchun maxsus vositalar, protez-ortopediya buyumlari (ortopedik poyfzal va maxsus kiyimlar, ko‘z protezlari va eshitish moslamalari), maxsus harakatlanish vositalarini sotib olishga katta e'tibor qaratiladi.
Nogiron bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ularga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan reabilitasiya yordamini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish hamda ularni moliyalashtirish. Reabilitasiya - bu shaxsning o‘z-o‘ziga xizmat qilish va ijtimoiy hayotga qobiliyatini tiklash chorasidir. Abilitasiya- bu ilgari mavjud bo‘lmagan yangi qobiliyat va odatlarni shakllantirish jarayoni. Ikkala tizim ham nogironlarni hayot sifatini yaxshilash, ularning maishiy va ijtimoiy moslashuviga qaratilgan. Reabilitasiya turlari - Ijtimoiy reabilitasiya – insonni ijtimoiy va kundalik hayotga qaytishi, psixologik moslashuvi va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini qaytarish, professional reabilitasiya – kasbga yo‘naltirish, tibbiy reabilitasiya - bu kasallik yoki shikastlanish tufayli yo‘qolgan funksiyalarni tiklash yoki qoplash uchun barcha turdagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi, bu reabilitasiyaning eng muhim qismidir, chunki usiz na ijtimoiy, na kasbiy tiklanish mumkin emas.