Bugungi kunda Respublika perinatal markazida muddatidan oldin tug‘ilgan, amniotik suyuqlikning prenatal yorilishi, og‘ir ekstragenital kasalliklar, homilaning tug‘ma nuqsonlari, homila o‘sishining pasayishi sindromi, homiladorlik asoratlari bilan kasallangan ayollarga yuqori texnologik yordam ko‘rsatiladi.
Taqdim etilgan ushbu kuvez aparatlari kam vaznli chaqaloqlarni parvarish qilish, salomatligini muhofaza qilish, ovqatlanishi va yashab ketishi uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq o‘z nazoratiga oladi.
Bunday xayriya tadbirlari Fond tomonidan birinchi marotaba amalga oshirilayotgani yo‘q, boshqa tibbiyot muassasalarining chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limlariga ham bosqichma-bosqich yuqori texnologiyali apparatlar xayriya sifatida berib borilmoqda.
2023 yilda ushbu markazga xuddi shunday 12 ta kuvez apparati Fond tomonidan topshirilgan edi.