Yangiliklar
calendar 12.11.2026 | 17:29
view 10
“16 YIL KUTDIM… ENDI QIZIMNING SOG‘AYISHIGA UMIDIM BOR!”

➡️16 yil avval Namangandagi bir oilaga qo‘shaloq baxt kirib keldi. Fotima va Zuhra dunyoga keldi. Ammo bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi…

➡️Bir yoshida Zuhraga og‘ir tashxis — “Skolioz” tashhisi qo‘yildi. Shundan so‘ng onaning 15 yillik iztirobli yo‘li boshlandi. Shifoxonalar, davolanishlar, poytaxtga tinimsiz qatnovlar… Yillar o‘tdi, oilaning moddiy imkoniyatlari cheklana bordi, ammo ona farzandining sog‘ayishidan umid uzmadi.

➡️Bugun esa bu ona Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga so‘nggi umid bilan murojaat qildi. Fond xodimlari uning hujjatlarini ko‘rib chiqib, murojaatini qabul qilishdi.

➡️“Men umidimni uzgandim… Sizlar 16 yillik orzuyimni amalga oshiryapsizlar. Nasib qilsa, qizim ham sog‘lom bolalar qatoriga qo‘shiladi. Muhtaram Prezidentimizga katta rahmat!”

➡️Bu so‘zlarni aytayotganda onaning ko‘zlaridan yosh tinmadi…

➡️Ba’zan bir onaning ko‘z yoshlari — 16 yillik dardning, birgina umid esa butun bir umrning ifodasidir.

➡️Endi Zuhraning sog‘ayishi yo‘lida yangi umidli sahifa ochilmoqda…