Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 15:02
view 919
2-aprel – Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2-aprel sanasi autizm sindromi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda ommalashtirish kuni sifatida belgilangan.

2008-yildan beri bu kunda autizmning erta tashxislanishi, autist bolalarning davolanishiga yordam ko‘rsatish, jamiyatni mazkur sindrom haqida boxabar qilish masalalariga e'tibor qaratiladi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, ayni kunda dunyoda 10 milliondan ziyod  bolaga autizm tashxisi qo‘yilgan.

Har yili bu ko‘rsatkich 11 foizga ortib bormoqda.

Ya'ni o‘tgan asrning 90-yillarida har 5000 nafar boladan bittasiga autizm tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich har 50 bolaga to‘g‘ri kelmoqda.

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ham Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Bayram munosabati bilan maktab yoshidagi bolalarga oʻquv qurollari va yozuv jihozlari xayriya sifatida taqdim etildi.  To'liq videodan