Bayram 1996-yil Buyuk Britaniya Millatlararo osteoporoz jamiyati tashabbusi bilan ta'sis etilgan. Hozirgi kunda Butunjahon osteoporoz kuni har yili Xalqaro osteoporz fondi, shuningdek, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘magida o‘tkaziladi. Shu kuni dunyoning turli mamlakatlarida tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Bundan ko'zlangan maqsad insonlarni osteoporoz xastaligiga qarshi kurashda va uni oldini olishda ko‘proq ma'lumot bilan ta'minlashdir. Har yili Butunjahon osteoporoz kuni bayramiga alohida mavzu tanlanadi.