Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-ma’rifatga tashnaligini e’tirof etish, balki dunyo davlatlari hukumatlari va jamiyatlari e’tiborini ta’lim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit ta’lim dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.
Ushbu kun munosabati bilan bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati va jamoasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ishtimoiy himoya milliy agentligi A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olib, ularga 10 turdagi turli kitoblar va shirinliklar xayriya sifatida topshirishdi.
Bolajonlar bilan dildan suhbatlashildi va ularning ta'limi va bilim olishi uchun bu kitoblarning ahamiyati tushuntirildi.