Shu kungacha, Fond tomonidan 2000 dan ortiq ehtiyojmand oila farzandlariga mehr-muruvvat, xayru saxovat va ezgulik manzillari orqali amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Ko‘plab bolajonlarning salomatligi tiklanib, beg‘ubor bolalikka qaytdilar, mehrli insonlar taftidan baxtiyorlik nafasini his qila boshladilar. Bularning barchasida Jamoat fondining o‘rni va nufuzi yuqori ekanligini har daqiqada his etish mumkin.
Aziz vatandoshlar!!! O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan mehr-muruvvatingizni bir-biringizdan ayamang. Zero, har qanday boshlangan xayrli ishning ham ajru savobi bor.