Yangiliklar
22.12.2024
|
16:16
109
“3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi vakillari ham ishtirok etdi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib, bolajonlar kayfiyatiga quvonch ulashdi.
Ishtirokchilar uchun savdo yarmarkasi ham tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi ushbu shifoxona bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib keladi va doimiy ravishda o’z yordamini ko’rsatadi.