Ushbu kunda dunyodagi barcha tibbiyot va volontyor tashkilotlar aholi orasida eshitish qobiliyati bilan bogʻliq muammolar haqida tadbirlar oʻtkazadi.
JSST oʻz navbatida shu tashkilotdagi davlatlarga quloq kasalliklari va eshitish muammolari boʻlgan insonlarga tibbiy va kasallikni oldini olish boʻyicha yordam koʻrsatish milliy dasturni ishlab chiqib amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Bugungi kunda eshitish qobiliyatini yoʻqotish kasalligi dunyoda keng tarqalgan sensor shakligidagi nogironlik hisoblanadi. Quloq kasalliklarini asosiy sabablari quloq surunkali infeksiyasi va qator kasalliklar: qizilcha, qizamiq, tepki, meningit, -yana dori vositalar taʼsiri, atrof muhit faktorlaridan biri shovqin.
Shifokorlar taʼkidlashicha, bu kasallikni rivojlantiruvchi sabablarni bartaraf etish yoʻli bilan kasallanganlarning yarmini davolash mumkin.
Oldini olish choralari: aholining immunitetini koʻtarish, ona va bola salomatligini himoyalash, mehnat gigiyenasini taʼminlashdir.
Shifokorlar ota-onalarga maslahatlar berib, farzandlarini nazorat qilib turish, quloqlariga iflos suvlar kirmaslik, quloqlarga urmaslik, har xil narsalar tiqmaslik, ayrim belgilar paydo boʻlganda kasalxonaga murojaat qilishni tavsiya qiladi.