Yangiliklar
calendar 26.04.2025 | 09:37
view 65
3 YOSHLI ISLOMBEK ISPANIYADA MUVAFFAQIYATLI OPERATSIYA QILINDI

3 yoshli Islombek Saydullayev “Tug‘ma rivojlanish anomaliyasi. Ikkala qo‘l kafti va oyoq panjalarini ektrodaktilisi. Oligodaktiliya. Chap qo‘l IV barmoqlilik, o‘ng oyoq panjasi IV, chap oyoq panjasi III barmoqlilik” tashxisi bilan Ispaniyaning Barselona shahridagi “Sant Joan de Deu” klinikasida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. 

Barcha xarajatlar Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

Suratda ko‘rganingizdek, Islombekning operatsiyadan keying ahvoli a’lo darajada. Uning salomatligini ko’rgan ota-onasi Fonddan mamnun bo’lib, Prezidentimizga, qolaversa barcha shifokorlarga alohida tashakkur bildirdilar. 

Islombek operatsiyadan keyingi davo muolajalarini O‘zbekistonda davom ettiradi va mahalliy shifokorlar nazoratida bo‘ladi.