Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 11:32
view 220
60 yillik fidoyilik va sharafli yo‘l tantanasi

Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

➡️Mazkur qutlug‘ sana munosabati bilan shifoxonaning sharafli yoo‘li, erishilgan yutuqlari hamda bolalar salomatligi yoo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnati alohida e’tirof etilmoqda.

➡️Tadbir davomida bir guruh faol xodimlar “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ham ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etib, shifoxona jamoasini muborakbod etadi hamda kelgusida ham ezgu loyihalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildiradi.

➡️Yubiley nafaqat o‘tgan yoo‘l sarhisobi, balki kelajak sari yangi marralar sari ilhom bag‘ishlovchi muhim voqea sifatida barchaga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.