➡️Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasining 60 yillik muborak yubileyi bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
➡️Ushbu muassasa o‘tgan yillar davomida nafaqat yurtimiz, balki minglab oilalar uchun umid va shifo maskaniga aylandi. Bu yerda faoliyat yuritayotgan fidoyi shifokorlar va mutaxassislarning bilim, tajriba hamda mehr bilan yo‘g‘rilgan mehnati tufayli ko‘plab bolajonlar sog‘lom hayot sari dadil qadam tashlamoqda.
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ushbu nufuzli shifoxona bilan hamkorlikda qator ezgu loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Yubiley munosabati bilan Fond jamoasi o‘zining samimiy tabriklarini izhor etar ekan, kelgusida ham hamkorlik yanada mustahkamlanib, yangi-yangi xayrli tashabbuslar ro‘yobga chiqishiga ishonch bildiradi.
➡️Aziz va sharafli kasb egalari! Sizlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingiz har qanday e’tirofga loyiq. Sizlarga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
✔️Yana bir bor qutlug‘ 60 yillik yubiley muborak bo‘lsin!