Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 15:13
view 554
A'ZOLAR TRANSPLANTATSIYASI BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi taklifi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalarida faoliyat yuritayotgan tajribali shifokorlar Remzi Emir uglu, Sabina Mustafa uglu O‘zbekistonga keldi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad – bemor bolalarda o‘tkaziladigan a'zolar transplantatsiyasini yurtimiz va xorij klinikalarida hamkorlikda yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va mahorat darslarini amalga oshirishdan iboratdir.

Mehmonlar bilan Bolalar milliy tibbiyot markazida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga klinika doirasida qilinayotgan ishlar, operatsiya xonalari va bemor parvarishi bilan bog‘liq jarayonlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, turk shifokorlari xorijga yuborilishi rejalashtirilgan bemor bolalarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazdilar. 

– Bu hamkorlik ikki tomonlama tajriba almashish imkonini beradi. O‘zbekiston tibbiyoti katta yutuqlarga erishgan. Biz Fondning qo‘llab-quvvatlovi bilan transplantologiya yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishlarni bajaramiz, – deydi Remzi Emir uglu.