Yangiliklar
calendar 11.09.2026 | 09:16
view 22
ANDIJONDA 200 DAN ORTIQ BOLA TURKIYALIK SHIFOKORLAR KO‘RIGIDAN O‘TDI

🩺Bugun Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida turkiyalik malakali plastik va umumiy xirurglar ishtirokidagi bepul tibbiy ko‘riklarga start berildi.

➡️Ko‘riklarning birinchi kunidayoq 200 dan ortiq bola mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Har bir bolaning holati individual o‘rganilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi hamda jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji mavjud murakkab holatlar saralab olindi.

➡️Ko‘rik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.

➡️Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
➡️Tibbiy ko‘riklar 11-sentabr kuni ham davom etadi.