Qisqa vaqt ichida Sevinchxon Fondning sa'y-harakati bilan Turkiyaning “Adjibadem” klinikasiga operatsiya amaliyotini o‘tkazish uchun shoshilinch yuborildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Ushbu murakkab operatsiya Fondning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan 20 dan ortiq amaliyotlarning biri hisoblanadi.
Bugun Sevinchxon ota-onasi bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga tashrif buyurib, ushbu imkoniyatni yaratib bergan Prezidentimizga va Fond tomonidan barcha xarajatlar qoplab berilganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Sevinchxonning hali orzulari ko‘p. U hozir tikuvchilik bilan shug‘ullanadi, zamonaviy liboslar tikib, o‘zining shaxsiy brendini yaratish ustida ishlamoqda. Uning bu ishlariga omad tilab qolamiz.